Keyin nima? ¶
Agar siz "Birinchi tanishuv" bobini to'liq o'qib chiqqan bo'lsangiz, endi to'liq Yii ilovasini yaratgansiz. Shu jarayonda siz ko'p talab etiladigan ba'zi imkoniyatlarni amalga oshirishni o'rgandingiz: HTML forma orqali foydalanuvchilardan ma'lumot olish, ma'lumotlar omboridan ma'lumotlarni olish va ma'lumotlarni sahifalab ko'rsatish. Shuningdek, kodni avtomatik generatsiya qilish uchun Giidan qanday foydalanishni ham o'rgandingiz. Kodni generatsiya qilish uchun Gii dan foydalanish veb-ishlab chiqish jarayonining katta qismini shunchaki bir nechta formani to'ldirishdek oddiy vazifaga aylantiradi.
Ushbu bo'limda freymvork bilan ishlashda samaradorligingizni oshirishga yordam beradigan mavjud Yii resurslari qisqacha bayon etiladi.
- Hujjatlar
- To'liq qo'llanma: Nomidan ko'rinib turibdiki, qo'llanma Yii qanday ishlashi kerakligini aniq belgilab beradi va Yii dan foydalanish bo'yicha umumiy yo'l-yo'riq beradi. Bu Yii bo'yicha eng muhim yagona darslik bo'lib, har qanday Yii kodini yozishdan oldin uni o'qib chiqishingiz kerak.
- Klasslar bo'yicha ma'lumotnoma: Bu Yii taqdim etadigan har bir klassdan foydalanishni tavsiflaydi. U asosan kod yozayotganingizda va ma'lum bir klass, usul, xossadan foydalanishni tushunmoqchi bo'lganingizda ishlatilishi kerak. Klasslar bo'yicha ma'lumotnomadan foydalanish butun freymvorkni kontekst bo'yicha tushunib olgandan keyingina eng maqbuldir.
- Wiki-maqolalar: Wiki-maqolalarni Yii foydalanuvchilari o'z tajribalari asosida yozgan. Ularning aksariyati oshpazlik retseptlari kabi yozilgan bo'lib, Yii yordamida muayyan muammolarni qanday hal qilishni ko'rsatadi. Bu maqolalarning sifati To'liq qo'llanma darajasida bo'lmasligi mumkin, biroq ular kengroq mavzularni qamrab olishi va ko'pincha tayyor yechimlarni taqdim etishi bilan foydalidir.
- Kitoblar
- Kengaytmalar: Yii foydalanuvchilar hissa qo'shgan minglab kengaytmalardan iborat kutubxonaga ega. Ularni ilovalaringizga osongina ulash mumkin, bu esa ilovani ishlab chiqishni yanada tezroq va osonroq qiladi.
- Hamjamiyat
- Forum: https://forum.yiiframework.com/
- IRC chat: Libera tarmog'idagi #yii kanali (ircs://irc.libera.chat:6697/yii)
- Slack kanali: https://www.yiiframework.com/go/slack
- Gitter chat: https://gitter.im/yiisoft/yii2
- GitHub: https://github.com/yiisoft/yii2
- Facebook: https://www.facebook.com/groups/yiitalk/
- Twitter: https://twitter.com/yiiframework
- LinkedIn: https://www.linkedin.com/groups/yii-framework-1483367
- Stackoverflow: https://stackoverflow.com/questions/tagged/yii2